"Liverpul" himoyachisi Italiyaga ko'chib o'tishga yaqin

"Roma" "Liverpul" bilan chap qanot himoyachisi Kostas Tsimikasni ijaraga olish bo'yicha deyarli kelishuvga erishdi.
Grek o'zining Italiya klubiga o'tishini ta'kidlamoqda - u tez orada o'z maqsadiga erishadi. Insayder Fabritsio Romanoning yangilangan hisobotidan ma'lum bo'lishicha, rimliklar "Liverpul" bilan ijara shartlari bo'yicha kelishuvga yaqin turibdi. Agar hammasi ko'ngildagidek ketsa, 29 yoshli futbolchi joriy mavsum yakuniga qadar "bo'rilar" safini to'ldiradi. Shuningdek, "Roma" lateralga maoshni to'liq miqdorda to'lab berishi ham ma'lum.
Kostas Tsimikas "Liverpul" safida 115 ta o'yinda maydonga tushib, birorta ham gol urmagan, ammo 18 ta golli uzatmani amalga oshirgan.