«Liverpul» hujumchisi Kodi Gakponing «Tottenxem»ga transferi amalga oshmasligi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Avvalroq «shporlar» Niderlandiya terma jamoasi a'zosini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.

Biroq manbaga ko'ra, «Liverpul» hozircha 27 yoshli futbolchini qo'yib yuborish niyatida emas. Shu sababli klub na «Tottenxem»ga, na Gakponing o'ziga muzokaralar olib borish uchun ruxsat bergan.

Shu bilan birga, agar London klubi rasmiy transfer taklifi bilan chiqsa, vaziyat o'zgarishi ehtimoldan xoli emas.

2025/2026 yilgi mavsumda Kodi Gakpo barcha musobaqalarda 52 ta uchrashuvda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz