"Liverpul" qanot vingeri Kodi Gakpo yozda boshqa jamoaga o'tishi mumkin.

Sky Sports xabariga ko'ra, "qizillar" 27 yoshli niderlandiyalik futbolchini sotishga tayyor va uning transferidan 70 million evro ishlab olmoqchi.

Transfermarkt hozirda Gakponi 65 million evroga baholamoqda. U joriy mavsumda 50 ta o'yinda 9 ta gol urib, 6 ta assist muallifi bo'ldi.