"Liverpul"ga qarshi bahs oldidan Gvardiolaning kuchli quroli bor

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o'zining yordamchisi Pepeyne Leynders haqida gapirdi.
Niderlandiyalik mutaxassis uzoq vaqt davomida "Liverpul"da Yurgen Kloppning yordamchisi bo'lib ishlagan va bu yozda u "Siti" murabbiylar shtabida shunga o'xshash lavozimni egallagan.
"U bilan ishlash yoqimli, men ko'p narsani o'rganyapman. Men o'zimni yaxshiroq murabbiyga aylanayotgandek his qilyapman. Albatta, u "Liverpul" futbolchilarining fazilatlarini juda yaxshi biladi.
Biroq, "Liverpul" Arne Slot qo'l ostida biroz boshqacha o'ynaydi. Ular endi Kloppning jamoasi emas", dedi Gvardiola o'yindan oldin.