"Liverpul"ga o'tolmagan futbolchi "qizillar"ning ilk mag'lubiyatiga sababchilardan biri bo'ldi (video)

Kecha APL 7-turida "Liverpul" mavsumdagi ilk mag'lubiyatini safarda "Kristal Pelas"dan qabul qilib oldi - 1:2.
O'yin davomida londonliklarning eng yaxshi futbolchilaridan biri himoyachi Mark Gexi bo'ldi.
Yozgi transfer oynasining so'nggi kunida "Liverpul"ga o'tishi barbod bo'lgan angliyalik futbolchi kecha aynan "qizillar"ga qarshi o'yinda himoyadagi ishonchli harakatlardan tashqari 90+7-daqiqada Eddi Nketia tomonidan kiritilgan g'alaba goliga ham assistentlik qildi.
Kelasi yozda erkin agentga aylanadigan 25 yoshli futbolchini Evropa grandlari o'z safida ko'rmoqchi.
Eddie Nketiah finish Liverpool
— Goals Xtra (@GoalsXtra) September 27, 2025
????️ Marc Guéhi ????pic.twitter.com/rnCIQtASrL