"Liverpul"ga Leauni taklif qilishgan edi

"Milan" yulduzi Rafael Leau APLga ko'chib o'tishi mumkin edi.
Daily Mail xabariga ko'ra, "Liverpul"ga avgust oyi boshida Rafael Leau bilan shartnoma imzolash taklif qilingan edi, ammo "qizillar" bu imkoniyatni qo'ldan boy berishdi.
26 yoshli portugaliyalik yulduz Transfermarkt portalida 70 million evroga baholanmoqda. Uning "rossonerilar" bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.