"Liverpul"ga g'alaba keltirgan Ekitike muxlislardan uzr so'radi

Yugo Ekitike "Sautgempton"ga (2:1) qarshi o'yinda maydondan chetlatilgani uchun uzr so'radi.
85-daqiqada "Liverpul" forvardi Angliya Liga kubogining 3-raundida urgan golidan keyin libosini echib, ikkinchi sariq kartochkani oldi.
"Bugun Liga kubogidagi ilk o'yinimda jamoamga o'z uyida navbatdagi g'alabani qo'lga kiritishda yordam berganimdan juda xursand bo'ldim. Hissiyotlar ustun keldi.
Butun "qizillar" oilasidan uzr so'rayman. Bizni doimo qo'llab-quvvatlab kelayotgan muxlislar va jamoadoshlarimga g'alaba uchun rahmat. Olg'a, "Qizillar," - deb yozdi Ekitike.