«Inter» va Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Marko Materatstsi «Chelsi»ning sobiq ustozi Entso Mareska haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Entso Mareska «Real»ni yana chempion qila oladimi? Ha, nega endi yo'q! U ispan tilida juda yaxshi gapiradi, chunki «Sevilya»da ishlagan. Ammo menimcha, Mareskada keyingi mavsumda Angliya Premer-ligasida ish boshlash uchun yaxshi imkoniyat bor. Nazarimda, «Liverpul» Mareska uchun eng yaxshi variant bo'lgan bo'lardi», — deya Materatstsining so'zlarini keltiradi Vince.

Eslatib o'tamiz, Entso Mareska shu yilning yanvar oyi boshida «Chelsi»dan iste'foga chiqarilgan edi. U 2024 yildan buyon «ko'klar»ni boshqarib kelayotgandi.