"Liverpul" vingeri Federiko Keza qishki transfer oynasida A Seriyaga qaytishi mumkin.

Italiyalik futbolchi Arne Slot jamoasida o'tgan mavsumga qaraganda muhimroq rol o'ynamoqda, ammo hali ham asosiy tarkibdan joy olmagan. Calciomercato xabariga ko'ra, Italiya chempionatida Kezga bo'lgan talab hali ham katta. 28 yoshli futbolchini yanvarda "Milan", "Inter", "Roma" va "Napoli" klublari o'z safiga qo'shib olishi kutilmoqda. "Yuventus" sobiq yulduzining maosh bo'yicha talablarini qondirish oson bo'lmaydi, shuning uchun gap, katta ehtimol bilan, ijara haqida boradi.

Federiko Kezaning Transfermarkt saytidagi narxi - 18 mln evro. "Liverpul"ning joriy mavsumdagi 12 o'yinida futbolchi ikkita gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.