«Liverpul» Frimpongni juda uzoq vaqtga yo'qotdi

«Liverpul» himoyachisi Jeremi Frimpong qachon maydonga qaytishi ma'lum bo'ldi.
Anfield Papers xabar berishicha, 25 yoshli niderlandiyalik futbolchi "Qorabog'"ga qarshi uchrashuvda tizza osti payini uzib olgan. Uning tiklanishi taxminan uch-to'rt oyni tashkil etishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Frimpong barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 19 ta o'yinda ishtirok etdi, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.