«Liverpul» Federiko Kezani EChL qaydnomasiga kiritdi

"Liverpul" markaziy himoyachisi Jovanni Leoni xochsimon bog'lami jarohatidan so'ng uzoq vaqtga safdan chiqdi.
"Qizillar" uni Chempionlar ligasi qaydnomasidan chiqarishga majbur bo'lishdi, klub bo'shagan o'ringa qanot vingeri Federiko Kezani ro'yxatdan o'tkazdi.
Keza joriy mavsumda 5 ta o'yinda 1 ta gol urib, 2 ta assist berdi.