"Liverpul" etakchilari kelgusi bahsni o'tkazib yuborishadi

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot mersisaydliklarning Angliya liga kubogi doirasida "Sautgempton"ga qarshi navbatdagi o'yinida qaysi futbolchilar ishtirok etmasligini aytdi.
"Hafta davomida tarkibni almashtirib borishim mumkin. Oxirgi uchta o'yinda 90 daqiqa o'ynaganlar - van Deyk, Konate, Saloh, Gravenberx va Soboslai - bu darajadagi yuklamaga o'rganib qolishgan.
Ishonch bilan ayta olamanki, seshanba kuni ularni maydonda ko'rmaysiz", - dedi "Liverpul" matbuot xizmati.