Yozda «Liverpul»ni tark etgan misrlik yulduzli hujumchi Muhammad Saloh faoliyatini davom ettirish variantlarini ko'rib chiqmoqda.

Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 34 yoshli hujumchida MLS va Saudiya Arabistoni chempionatidan takliflar bor. Muhammad barcha mavjud variantlarni yaxshilab o'ylab ko'rib, keyin o'z kelajagi bo'yicha yakuniy qarorga kelmoqchi.

Angliya Premer-ligasining o'tgan mavsumida Saloh 27 ta bahsda qatnashib, o'z hisobiga ettita gol va ettita golli uzatma yozib qo'ydi. Misrlik hujumchi Mersisayd grandi sharafini 2017 yildan 2026 yilgacha himoya qildi.

Manba: Stadion.uz