"Liverpul" "Bornmut"ning ganalik forvardi Antuan Semenoning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, "olchalar" futbolchini qo'yib yuborish ishtiyoqida yonmayapti. Klub Semeno bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Manbaning qo'shimcha qilishicha, "Bornmut" 90 mln evrolik taklif olsa, o'z pozitsiyasini o'zgartirishi mumkin.

Antuan Semeno joriy mavsum "Bornmut" safida 8 ta o'yin o'tkazdi. Ularda futbolchi oltita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.