«Liverpul» Bredli Barkola uchun 100 million evro taklif qilishni rejalashtirmoqda

«Liverpul» «Pari Sen-Jermen» vingeri Bredli Barkolani o'z safiga qo'shib olishni jiddiy maqsad qilgan.
«Qizillar» frantsiyalik futbolchining transferi ustida qattiq ish boshlab yubordi. Jurnalist Sebasten Vidal xabarlariga ko'ra, mersisaydliklar 23 yoshli futbolchi uchun taxminan 85 million funt sterlingdan (100 million evro) ziyod mablag' taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Ta'kidlanishicha, ingliz grandi Barkolani ustuvor transfer maqsadi sifatida belgilagan. Transfermarkt portali ekspertlari futbolchining narxini 70 million evroga baholamoqda, uning "PSJ" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar