"Liverpul" "Borussiya" himoyachisiga ko'z tikkan

Dortmundning "Borussiya" klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbekka "Liverpul" qiziqish bildirmoqda.
Ingliz giganti 25 yoshli futbolchi borasida dastlabki muzokaralarni o'tkazdi, deya xabar beradi DaveOCKOP.
Muhokamalar dastlabki bosqichda. Potentsial xaridlar sifatida "Barselona" ham tilga olingan. Shlotterbekning "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.