"Bornmut" qanot hujumchisi Antuan Semeno "Liverpul"ga o'tishga bir qadam yaqinlashdi.

CaughtOffside xabariga ko'ra, mersisaydliklar Gana terma jamoasining 25 yoshli vingeri bilan shaxsiy mehnat shartnomasi shartlarini kelishib olgan. Avvalroq Semeno Premer-liganing boshqa top-klublaridan qiziqish bo'layotganiga qaramay, faoliyatini aynan "Liverpul"da davom ettirmoqchi ekani ta'kidlangandi.

Angliya chempionatining joriy mavsumi doirasida Semeno 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z gollari bilan etti marta raqiblarini ranjitgan. Bundan tashqari, hujumchining hisobida uchta golli uzatma bor.

Transfermarkt portali mutaxassislari Semenoning narxini 65 million evroga baholamoqda.