"Liverpul" "Bornmut"ga rasmiy taklif yubordi

Caught Offside nashri xabariga ko'ra, "Liverpul" ganalik 25 yoshli hujumchi Antuan Semeno uchun "Bornmut"ga 65 million funt sterling (74 million evro) taklif qildi.
Futbolchi potentsial transferga ishtiyoq bilan qaramoqda. Biroq ganalik futbolchiga "Chelsi" va "Bavariya" ham qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Semeno klub safida barcha turnirlar doirasida 11ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urdi va 3ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor narxi 55 million evro.