Myunxenning "Bavariya" klubi markaziy himoyachisi Dayo Upamekano Germaniyani tumanli "Albion"ga almashtirishi mumkin. Bu haqda Teamtalk xabar bermoqda.

Jurnalistlar xabariga ko'ra, frantsiyalik futbolchini APLning amaldagi chempioni "Liverpul" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Mersisaydliklar futbolchi bilan muzokaralarni qishki transferlar vaqtida boshlashni rejalashtirmoqda. Upamekanoning myunxenliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi.

Joriy mavsumda himoyachi 14 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Frantsiyalik futbolchi bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali uning narxini 50 mln evroga baholamoqda.