«Liverpul», «Barselona» «PSJ» va «Flamengo» Globe Soccer versiyasiga ko'ra yilning eng yaxshi klubi sovriniga da'vogar

Globe Soccer Awards tomonidan 2025 yilning eng yaxshi klubi sovrini uchun final ro'yxat e'lon qilindi. Bu haqda Globe Soccer Awards X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Xususan, sovrin uchun «Liverpul», «PSJ», «Flamengo», «Barselona» va «Chelsi» klublari kurash olib boradi.
Globe Soccer Awards — har yili o'tkaziladigan taqdirlash marosimi bo'lib, unda futbol muhitida eng katta yutuqlarga erishgan shaxslar va jamoalar aniqlanadi. Turli nominatsiyalar bo'yicha g'oliblar ovoz berish yo'li bilan belgilanadi.
O'tgan yil yakunlariga ko'ra, yilning eng yaxshi klubi sovrini «Real»ga nasib etgan edi. 2024 yilda «qaymoqranglilar» Ispaniya chempionati va Superkubogi, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi hamda Qit'alararo kubokni qo'lga kiritgan.
Manba: championat.com