Manbaga ko'ra, "Liverpul" "Atalanta" yarim himoyachisi Edersonni nishonga olmoqda.

Angliya giganti bu kelishuvni 30-40 million evroga yakunlashni maqsad qilgani aytilmoqda. "Barselona" ham Edersonga qiziqmoqda. Yarim himoyachining shartnomasi 2027-yil yoziga qadar amal qiladi.

Ederson bu mavsumda "Atalanta" safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.