«Liverpul» Barkola transferi imkoniyatlarini o'rganishda davom etmoqda

«PSJ» vingeri Bredli Barkola faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist David Ornshteynning ma'lumotlariga ko'ra, «Liverpul» frantsiyalik futbolchi atrofidagi vaziyatni faol kuzatishda davom etmoqda. Biroq, agar Barkolaning transferi amalga oshmasa, «qizillar» boshqa muqobil variantlarni ham ko'rib chiqishmoqda. Barkola bilan Londonning «Arsenal» klubi ham qiziqmoqda, ammo «kanonirlar»ning ustuvor maqsadi «Aston Villa» futbolchisi Morgan Rojers hisoblanadi.
Bredli Barkola 2023 yilda «Lion»dan «PSJ»ga 45 million evro evaziga o'tgan edi. Uning parijliklar klubi bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda forvard parijliklar safida barcha musobaqalarda 49 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Barkolaning narxini 70 million evroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar