"Liverpul" - "Atletiko" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

"Liverpul" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 1-turidan o'rin olgan bahsda Madridning "Atletiko" jamoasini mag'lub etdi (3:2).
Uchrashuvning 4- va 6-daqiqalaridayoq Endryu Robertson hamda Muhammad Saloh mehmonlar darvozasini ishg'ol etishgan bo'lsa-da, "matraschilar" 45 va 81-daqiqalarda Markos Lorentening kiritgan gollari bilan javob berishdi. Uchrashuv taqdiri 92-daqiqada Virjil van Deykning goli evaziga hal bo'ldi. Aynan niderlandiyalik himoyachi UEFA tomonidan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. "Qizillar" sardori nafaqat gol urdi, balki sakkizta duelda ettitasida g'alaba qozondi.
"Liverpul" ketma-ket beshinchi o'yinda ham so'nggi daqiqalarda g'alabani ilib ketdi. Shanba kuni Arne Slot jamoasi Angliya chempionatida o'z maydonida "Everton"ga qarshi bahs olib boradi.