Ibraima Konate tez orada «Liverpul» bilan yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, ingliz klubi himoyachi bilan kelishuvni uzaytirishga juda yaqin kelgan. Hozircha yakuniy kelishuvga erishilmagan bo'lsa-da, «Liverpul» rahbariyati shartnoma albatta imzolanishiga ishonmoqda.

Qayd etilishicha, Konatening «Real» bilan aloqalari o'tgan yilning noyabr oyidayoq to'xtagan.

Joriy APL mavsumida frantsiyalik futbolchi 29 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.