«Liverpul» «Arsenal» yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Itan Nvaneri Angliyaning boshqa bir top-klubi qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda Indykalia nashri xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, «Liverpul» 19 yoshli futbolchini o'z safiga jalb etishni istamoqda. «Kanonirlar» esa, o'z navbatida, agar moliyaviy jihatdan yaxshi taklif tushsa, Nvaneri bilan xayrlashishga tayyor. Xavbekning bozor qiymati 35 million evroni tashkil qiladi.
Eslatib o'tamiz, Nvaneri yakunlangan mavsumning ikkinchi yarmini «Marsel» klubida ijara asosida o'tkazdi. Yarim himoyachi Frantsiya jamoasi safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Manba: Stadion.uz