"Liverpul" APLdagi g'alabasiz seriyasini to'xtatdi

"Liverpul" APLdagi g'alabasiz o'yinlar seriyasiga barham berdi.
Bugun Arne Slot jamoasi Angliya chempionatining 24-turida "Nyukasl"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi. Bungacha "qizillar" ushbu musobaqada ketma-ket to'rt marta durang o'ynab, bir marta mag'lubiyatga uchragandi.
Premer-liganing navbatdagi turida "Liverpul" "Manchester Siti"ga qarshi bahs olib boradi. O'yin 8 fevral kuni bo'lib o'tadi.
