"Liverpul" Angliya MTJ futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

"Aston Villa" va Angliya terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rojers "Liverpul"ning qiziqish doirasida qolmoqda.
Yozgi transfer oynasi yopilishidan avval “qizillar” Xarvi Elliottni “Aston Villa”ga qo'yib yuborishdi. The Kop Correspondent xabariga ko'ra, tomonlar muzokaralar chog'ida Rojersning "Liverpul"ga ehtimoliy transferini muhokama qilishgan.
23 yoshli "Villa" futbolchisining o'zi bunday transferga juda qiziqmoqda.
Transfermarkt saytidagi Morgan Rojersning narxi 50 million evro, yarim himoyachining shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.