«Liverpul» Akliush uchun kurashga qo'shildi

«Liverpul» Magnes Akliush transferi bo'yicha «Monako»ga so'rov yubordi.
Sky Sports xabariga ko'ra, mersisaydliklar 24 yoshli yarim himoyachining transfer uchun ochiqligini surishtirishgan. Akliush uchun asosiy da'vogar «PSJ» hisoblanadi, ammo «Monako» parijliklarning bir nechta taklifini rad etdi, ularning oxirgisi 40 million evroni tashkil qilgan edi.
Oldinroq monegasklar futbolchini 50–55 million evroga baholayotgani haqida xabar berilgan edi.
Liga 1 ning o'tgan mavsumida Akliush 31 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar