«Liverpul»ning afsonaviy sobiq sardori Stiven Jerrard 17 yoshli Rio Ngumoxa jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushishi kerak deb hisoblaydi.

Seshanba kuni «qizillar» Premer-liga doirasidagi bahsda «Vulverxempton»ga imkoniyatni boy berishdi (1:2). Jamoa bosh murabbiyi Arne Slot yosh vingerni 65-daqiqada Kodi Gakponing o'rniga maydonga tushirdi.

«Murabbiy Ngumoxani asosiy tarkibda tushirishga majbur. Bugun u maydonda bo'lgan qisqa vaqt ichida Gakpo 60 daqiqa davomida qilganidan ko'proq ish bajardi», — deya ingliz OAV Jerrardning so'zlarini keltirmoqda.

Yaqinda matbuotda Arne Slot mavsumning qolgan qismida Rio Ngumoxani maydonga tez-tez tushirishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.