Liverpul-2025. Shodiyorjon Meliqo'ziev g'alaba qozonib, chorak finalga chiqdi

Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha Jahon chempionatida bugun oltinchi kun kechki dasturdan o'rin olgan janglar o'tkazilmoqda.
Erkaklar o'rtasidagi eng engil vazn toifasi (-50 kg)da ishtirok etayotgan Shodiyorjon Meliqo'ziev turnirdagi o'zining ikkinchi jangini o'tkazdi. Bu safar unga avstraliyalik Omer Izaz raqiblik qildi. Hamyurtimiz raqibiga nisbatan bo'y borasida 20 sm. kichik bo'lishiga qaramay, to'g'ri tanlangan tajovuzkor taktika evaziga Izazga hech qanday imkoniyat qoldirmadi — 5:0.
Shu tariqa, Shodiyorjon chorak finalga yo'l oldi.
Manba: stadion.uz