Angliyaning Liverpul shahrida mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha jahon chempionatida finaldan o'rin olgan kunduzgi janglar yakunlandi. 90 kg. vazndagi bokschilar o'rtasidagi final bahsi To'rabek Habibullaev va braziliyalik Santos Filo o'rtasidagi kechdi.

Birinchi bo'limda hamyurtimiz kichik ustunlikka ega bo'lgan bo'lsa, To'rabek ikkinchi va uchinchi bo'limlarda ishonchli harakat qilib, g'alabani rasmiylashtirdi — 5:0 (30:27, 29:28, 29:28, 29:28, 29:28).

Shu tariqa, O'zbekistonning JChdagi oltin medallar soni 4 taga etdi. 22:00dan boshlanadigan kechki dasturda bizni yana 4 ta final kutib turibdi.

Manba: stadion.uz