Liverpul-2025. O'ktamova, Boltaev va Habibullaev g'alaba qozonishdi

Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha Jahon chempionatining beshinchi kun dasturidan o'rin olgan kunduzgi janglar bo'lib o'tmoqda. Hozirgacha 3 nafar bokschimiz o'z janglarinii o'tkazishdi.
-54 kg: Nigina O'ktamova - Anna Lakotar (Vengriya) - 5:0
Bugunni g'alaba bilan ochib bergan jang: -54 kg vaznda Nigina O'ktamova vengriyalik Anna Lakotarni 5:0 hisobida mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi. Endi u, 10 sentyabrda yarim final uchun ringga ko'tariladi.
-70 kg: Shavkatjon Boltaev - Bernad Martinez (Ispaniya) - 3:0
Shavkatjon Boltaev ham chorak finalda. Bokschimiz qiyin kechgan bahsda, ispaniyalik Bernad Martinezni 3:0 hisobida mag'lub etdi.
-90 kg: To'rabek Habibullaev - Vagkan Nanitzanian (Gretsiya) - 5:0
Bokschimiz -90 kg vaznda Gretsiya vakili Vagkan Nanitzanianni qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi. Keyingi bahs chorak finalda qozog'istonlik Sag'indik Tog'ambayga qarshi bo'lib o'tadi.
Bizni kutib turgan janglar:
-65 kg: Navbahor Hamidova - Oshin Derieuv (Belarus) B ring. 22:00
-60 kg: Abdumalik Xalokov - Jiuseppe Kanoniko (Italiya) A ring. 23:00
-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Sultan Osmanli (Turkiya) B ring. 00:00
+90 kg: Jahongir Zokirov - Nikita Putilov (Germaniya) A ring. 01:45.