Liverpul-2025. Navbahor Hamidova finalda g'alabani qo'ldan chiqardi

Angliyaning Liverpul shahrida mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha jahon chempionatida finalidan o'rin olgan kechki janglar o'tkazilmoqda.
Ayollar o'rtasida 65 kg. vazn toifasida Navbahor Hamidova qozog'istonlik Aida Abikeevaga qarshi ringga ko'tarildi. Hakamlarning 3 nafari birinchi bo'limda ustunlikni hamyurtimizga berishgan bo'lsa, Hamidova ikkinchi raundda o'z ustunligini oshirdi — bu safar 4 hakamning e'tirofiga sazovor bo'ldi.
Ammo uchinchi raundda qozog'istonlik bokschi oldinga tashlandi va tashabbusni qo'lga kiritdi. Boz ustiga, ringdagi hakam Navbahorga rasmiy ogohlantirish berib, muhim bo'lgan 1 balldan mahrum qildi. Natijada so'nggi bo'limda hakamlarning barchasi ustunlikni Aidaga taqdim etishdi. Yakuniy baholar — 0:3 (27:29, 27:29, 27:29, 28:28, 28:28).
Navbahor Hamidova JChda ikkinchi kumushni o'z hisobiga qo'shib qo'ydi. Shuningdek, u bir marta bronza medaliga ham sazovor bo'lgan.
Shu tariqa, O'zbekiston delegatsiyasi hisobiga birinchi kumush medali qo'shildi.