Liverpul mezbonligida kechayotgan boks bo'yicha jahon chempionatida 4-kun bahslari boshlandi.

Erkaklar o'rtasida 55 kg vazn toifasida Mirazizbek Mirzaxalilov turnirdagi ilk jangini o'tkazdi. Unga hindistonlik Pavan Bartval raqiblik qildi.

Sportchilar butun 3 raund davomida intensiv jang qilishdi va ko'plab zarbalar yo'llashdi. Hamyurtimiz esa har uchala bo'limda raqibiga nisbatan biroz bo'lsa-da ustunlikka ega bo'ldi hamda hakamlarning yakuniy baholariga ko'ra g'alabani qo'lga kiritdi.

Bugun yana 4 nafar bokschimiz ringga ko'tariladi:

-80 kg: Javohir Ummataliev - Nikodem Kozak (Polsha) A ring. 17:45

-57 kg: Humorabonu Mamajonova - Boyana Goykovich (Chernogoriya) B ring. 22:30

-70 kg Aziza Zokirova - Regina Lakos (Vengriya) A ring. 23:30

-65 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Jianxao Ju (Xitoy) B ring. 01:45

Manba: stadion.uz