Liverpul-2025. Javohir Ummataliev xorvatiyalik raqibni mag'lub etib, finalga chiqdi

Liverpul shahrida o'tkazilayotgan boks bo'yicha jahon chempionatida finalga chiqqan o'zbekistonliklar soni 7 nafarga etdi.
Erkaklar o'rtasida -80 kg vaznda Jvohir Ummataliev yarim finalda xorvatiyalik Gabriel Veochichga qarshi ringga ko'tarilib, ishonch bilan g'alaba qozondi — 5:0 (30:27, 30:27, 30:27, 29:28, 29:28).
Manba: stadion.uz