Liverpul-2025. Javohir Ummataliev qozog'istonlik bokschini mag'lub etib, yarim finalga chiqdi!

Angliyaning Liverpul shahrida bo'lib o'tayotgan boks bo'yicha jahon chempionatining chorak final bosqichi doirasida bugun beshinchi yurtdoshimiz o'z jangini o'tkazdi.
Erkaklar o'rtasida 80 kg. vazn toifasida Javohir Ummataliev qozog'istonlik Nurbek Oralbayga qarshi ringga ko'tarildi. Hakamlarning barchasi vatandoshimizning g'alabasini e'tirof etishdi — 5:0. Natijada Ummataliev JChning yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Qo'shimcha qilib aytish joizki, Oralbay — 2024 yilgi Olimpiada o'yinlari kumush medali sohibi va 2023 yilgi jahon chempioni hisoblanadi. Ummataliev esa 2022 yilda yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida «oltin» medalni qo'lga kiritgan.
Manba: stadion.uz