Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilgan boks bo'yicha jahon chempionati yakuniga etdi.

Erkaklar o'rtasida eng og'ir vazn toifasida (90+ kg) o'zbekistonlik Jahongir Zokirov qozog'istonlik Aybek Oralbayga qarshi ringga ko'tarildi.

Hamyurtimiz birinchi va ikkinchi raundlarda yaxshi harakat qilib, 2ta hakamning ovozlari bo'yicha oldinga o'tib oldi (qolgan 3 hakam durangni qayd etayotgan edi).

Jahongir so'nggi bo'limda charchab qolgan bo'lsa, Oralbay nisbatan faolroq jang qildi. Natijada 3-raundda hakamlarning 4 nafari ustunlikni Aybekka berishdi. Yakuniy natija — 2:3 (30:27, 29:28, 28:29, 28:29, 28:29).

Shu tariqa, Qozog'iston delegatsiyasi medallar hisobi bo'yicha O'zbekistonni ortda qoldirdi:

Qozog'iston — 7-1-2 (jami 10)
O'zbekiston — 6-2-3 (jami 11)

Manba: stadion.uz