Liverpul-2025. Jahongir Zokirov qiyinchiliksiz yarim finalga yo'l oldi

Angliyaning Liverpul shahrida bo'lib o'tayotgan boks bo'yicha jahon chempionatining ettinchi kun dasturidan o'rin olgan so'nggi bahsni eng og'ir vazndagi bokschimiz Jahongir Zokirov o'tkazdi.
U norvegiyalik Omar Shihaniga qarshi ringga ko'tarilib, qiyinchiliksiz g'alaba qozondi va yarim finalga yo'l oldi.
Bugun — 11-sentyabr musobaqada dam olish uchun. Janglar ertadan boshlab davom ettiriladi.
Manba: stadion.uz