Ushbu bosqich doirasida kun davomida 14 nafar vakilimiz ringga ko'tariladi. Xabaringiz bor, 18 nafar bokschi bilan yo'l olgan jamoamiz yo'qotishlarsiz ishtirokini davom ettirmoqda.

Chorak final bosqichi doirasida 5 ta jang O'zbekiston va Qozog'iston bokschilarining o'zaro to'qnashuviga aylanadi.

Juftliklar bilan tanishing:

-54 kg: Nigina O'ktamova - Yoseline Perez (AQSh) A ring. 16:15

-60 kg: Sitora Turdibekova - Viktoriya Grafeeva (Qozog'iston) A ring. 16:45

+80 kg: Oltinoy Sotimboeva - Nupur (Hindiston) A ring. 17:30

-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Tadi Joyse (Irlandiya) B ring. 18:15

-70 kg: Shavkatjon Boltaev - Zeyad Eashash (Iordaniya) A ring. 18:30

-80 kg: Javohir Ummataliev - Nurbek Oralbay (Qozog'iston) A ring. 19:00

-90 kg: To'rabek Xabibullaev - Sag'indik Tog'ambay (Qozog'iston) B ring. 19:30

-51 kg: Feruza Kazakova - Mungunsaran Balsan (Mo'g'iliston) A ring. 22:15

-57 kg: Humorabonu Mamajonova - Jasmin (Hindiston) B ring. 22:45

-65 kg: Navbahor Hamidova - Sacha Hikkey (Angliya) B ring. 23:00

-60 kg: Abdumalik Xalokov - Bibars Jeksen (Qozog'iston) A ring. 00:00

-65 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Ertug'an Zeynulinov (Qozog'iston) B ring. 00:45

-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Hamza Sriri (Belgiya) B ring. 01:00

+90 kg: Jahongir Zokirov - Omar Shiha (Norvegiya) A ring. 01:45

Uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan birinchi dastur 16:00 da va kechki dastur 22:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz