Angliyaning Liverpul shahrida bo'lib o'tayotgan boks bo'yicha jahon chempionati yakunlanib bormoqda. Bugun bir nechta vaznda yarim final janglari o'tkazilsa, 3 ta vaznda final janglari bo'lib o'tadi.

Xususan, 6 nafar o'zbekistonlik bokschi yarim finalda ringga ko'tarilsa, Fazliddin Erkinboev o'zining final bahsini o'tkazadi.

Juftliklar bilan tanishing:

Yarim finallar:

-48 kg: Sabina Boboqulova - Naziim Kiizaybay (Qozog'iston) 16:00
-65 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Lasha Guruli (Gruziya) 18:45
-80 kg: Javohir Ummataliev - Gabriel Veochich (Xorvatiya) 19:00
-51 kg: Feruza Kazakova - Buse Naz Chaqiroglu (Turkiya) 22:00
-70 kg: Aziza Zokirova - Lekeisha Pergoliti (Avstraliya) 23:00
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Michael Fares Derouiche (Avstriya) 23:45

Final:
-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Kivan Rami (Bolgariya) 00:45

Uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan birinchi dastur 16:00 da va kechki dastur 22:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz