Liverpul-2025. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev jangsiz finalga chiqdi

Liverpul shahrida o'tkazilayotgan boks bo'yicha jahon chempionatida yana bir vakilimiz finalga chiqdi.
Erkaklar o'rtasida -65 kg vaznda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan yarim final bahsi, gruziyalik Lasha Gurulining jarohati sababli o'tkazilmaydigan bo'ldi.
Demak, ertaga final Asadxo'ja va braziliyalik Yuri Reis o'rtasida bo'lib o'tadi.
Manba: stadion.uz