Liverpul-2025. 20 yoshli Fazliddin Erkinboev — jahon chempioni!

Boks bo'yicha O'zbekiston delegatsiyasi Liverpulda o'tayotgan jahon chempionatida o'z hisobiga ilk oltin medalni qo'shib qo'ydi.
Fazliddin Erkinboev kattalar o'rtasida Jahon chempioniga aylandi. 20 yoshli bokschimiz -75 kg vaznda bo'lib o'tgan finalda bolgariyalik Kivan Ramini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi — 30:27, 30:27, 30:27, 30:27, 30:27.
Manba: stadion.uz