Liverpul-2005. Sabina Boboqulova chorak finalga chiqdi

Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha Jahon chempionatida bugun oltinchi kun janglari o'tkazilmoqda.
Ayollar o'rtasida eng engil vazn toifasida (-48 kg) Sabina Boboqulova polshalik Angelika Kristoforskaga qarshi ringga ko'tarildi. Hamyurtimiz barcha raundlarda to'liq ustunlikka erishdi — 5:0.
Shu tariqa, Boboqulova JChning chorak finaliga yo'l oldi.
Manba: stadion.uz