«Liverpul» 19 yoshli iqtidor sohibi uchun 100 million evro to'lashga tayyor

«Liverpul» yozgi transferlar oynasida «Leyptsig» vingeri Yan Diomandeni o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan. Bu haqda jurnalist Devid Orshteyn o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, ingliz klubi Kot-d'Ivuar terma jamoasining 19 yoshli futbolchisi uchun kurashda «PSJ»ni ortda qoldirdi. «Leyptsig» o'z futbolchisi uchun 100 million evro talab qilmoqda.
Futbolchining amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali Diomandening bozor qiymatini 75 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Diomande barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.