Lisandro Martines MYU rahbariyati shaniga aytgan gaplari uchun jarimaga tortiladi

Bu haqda The Athletic nashri MYUdagi anonim manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, himoyachi Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi 2-turida "Atletiko"dan uchralgan mag'lubiyatdan (0:2) so'ng o'z klubini musobaqa darajasiga mos kelmaydigan jamoa deb atagan edi. Shuningdek, u texnik direktordan ko'proq narsa kutganini ta'kidlab, shunday degandi: "Sizlar muntazam ravishda murabbiylarni almashtirasizlar, ammo boshqa sohalarchi? Murabbiy va futbolchilar haqida gapirish jo'n narsa, lekin boshqa sohalarga ham qarash kerak".
Kommentariyalar