Argentina terma jamoasi markaziy himoyachisi Lisandro Martines JCh-2026 yarim finalida Angliya ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) so'ng jamoa sardori Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

Lionel Skaloni shogirdlari 85-daqiqagacha hisobda ortda qolayotgan edi, biroq yana bir bor vaziyatni o'nglay oldi: avvaliga Entso Fernandes hisobni tenglashtirdi, qo'shib berilgan daqiqalarda esa Lautaro Martines g'alaba to'pini kiritdi. Ikkala holatda ham golli uzatmani Messi amalga oshirdi.

«Leo — bizning etakchimiz. Etakchingizning qanday o'yin ko'rsatayotganini, qanday kurashayotganini va qanday yugurayotganini ko'rganingizda, uning uchun bor kuchingizni 100 foiz sarflashdan boshqa iloj qolmaydi. Mana shuning uchun ham biz Messi bilan bu lahzalarni baham ko'rayotganimizdan shunchalik faxrlanamiz», — deya Lisandro Martinesning so'zlarini keltiradi The Touchline.

19 iyul kuni argentinaliklar finalda Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.

Manba: Stadion.uz