Argentina himoyachisi Lisandro Martines hakamlar 2026 yilgi Jahon chempionatida yaxshi ish qilayotganini aytdi.

Futbolchi turnirdagi hakamlik haqidagi savolga javob berdi.

"Yo'q, mutlaqo hech narsa. Menimcha, hakamlar ajoyib ish qilishmoqda. Ba'zan shov-shuvga sabab bo'ladigan narsa matbuotdir. Biz maydonda bor kuchimizni sarflashga e'tibor qaratamiz", dedi futbolchi.

Argentina chorak finalda Shveytsariya bilan to'qnash keladi.

"Raqiblarimizga hurmat jamoamizning o'ziga xos xususiyati. Agar Shveytsariya jamoasi bu bosqichga etib kelgan bo'lsa, demak, ular juda kuchli. Ular jismonan kuchli va yaxshi standart vaziyatlarga ega. Bu ajoyib tomosha bo'ladi", dedi Lisandro Martines.

Manba: Stadion.uz