Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni 2026-yilgi Jahon chempionati finalida Ispaniyaga qarshi 0:1 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng o'z kelajagi haqida gapirdi.

"Meni hamma orzu qiladigan lavozimga tayinlagani uchun Argentina futbol assotsiatsiyasi prezidentidan minnatdorman. Biz qo'limizdan kelganicha harakat qildik. Menimcha, hammasini yaxshilab o'ylab ko'rish uchun vaqt kerak.

Bu ajoyib ish. Men hech qachon bu erda bo'lamiz deb o'ylamagan edim. Oldinga siljish uchun ko'p ish qilish kerak: jamoani qayta qurish va yangilash — bu qiyin. Men shartnomamni oxirigacha ishlayman, keyin ko'ramiz", dedi Skaloni.

Murabbiyning Argentina futbol assotsiatsiyasi bilan shartnomasi 2026 yil 31 dekabrgacha amal qiladi.

Manba: Stadion.uz