Lionel Messi Jordi Albaning faoliyatini yakunlash qaroriga munosabat bildirdi

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi jamoadoshi Jordi Albaning MLS mavsumi yakunlangach, faoliyatini yakunlashini e'lon qilganiga munosabat bildirdi.
Argentinalik va ispaniyalik futbolchi 2012-2021 yillarda "Barselona"da ham birga o'ynagan.
“Rahmat senga, Jordi. Men seni juda sog'inaman. Birgalikda boshimizdan kechirgan hamma narsalardan so'ng, chap tomonga qarab, endi seni u erda ko'rmaslik g'alati tuyuladi… Shu yillar davomida menga nechta gollar uchun pas berganingni o'ylasam, aql bovar qilmaydi!".
Alba "Barselona" bilan olti karra Ispaniya chempioni va Chempionlar ligasi g'olibi bo'ldi. Shuningdek, u "Kornelya", "Valensiya" va "Ximnastik" klublarida ham o'ynagan. Himoyachi "Inter Mayami" safiga 2023 yilda kelib qo'shilgan.