Lionel Messi JCh-2026 guruh bosqichining eng yaxshi to'purari bo'ldi

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Jahon chempionati-2026 guruh bosqichini 6 ta gol bilan yakunlab, musobaqaning ushbu bosqichidagi eng yaxshi to'purarga aylandi.
Messi 4 tadan gol urgan Kilian Mbappe, Usmon Dembele, Vinisius Junior hamda Erling Xolanddan o'zib ketdi.
Ulardan keyingi pog'onada guruh bosqichini 3 tadan gol bilan yakunlagan futbolchilar joylashgan.
Messi guruh bosqichida yuqori samaradorlik namoyish etdi. U Jazoirga qarshi uchrashuvda xet-trik qayd etdi, Avstriya bilan bahsda dubl rasmiylashtirdi hamda Iordaniya darvozasiga bitta gol urdi.
Jahon chempionati-2026ning 1/16 final bosqichida Argentina terma jamoasi Kabo-Verdega qarshi maydonga tushadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar